add

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita ma’lumotlar markazi quradi

25.07.2025 | 11:3025022

Buxoro viloyatida yuklamasi 300 MVt bo‘lgan yirik data-markaz (ma’lumotlar markazi)ni barpo etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda 24 iyul kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng ma’lum qilindi.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita ma’lumotlar markazi quradi
Uchrashuvda Energetika vazirligi rahbarlari Xitoyning “Shanghai LinkWise Data Intelligence Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashib, O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Shu munosabat bilan Buxoro viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan 300 MVt quvvatga ega ma’lumotlar markazi loyihasi yuzasidan memorandum imzolandi. Mazkur markaz O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va energetika resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha mamlakatda IT-infratuzilmani kengaytirish, texnologik suverenitetni mustahkamlash va xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, muzokaralarda Surxondaryo viloyatida ham shunga o‘xshash yana bir 300 MVt quvvatga ega data-markaz qurish rejasi ham bildirildi.

Teglar

Mavzuga oid