add

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi O‘zbekistonga kelmoqda

Bugun 22:251561

Vang Yining safari diplomatiya, savdo, infratuzilma va mintaqaviy hamkorlik tashabbuslari orqali Xitoyning Markaziy Osiyodagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi O‘zbekistonga kelmoqda

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi Markaziy Osiyoning uch davlati — Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga 19–22-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi. Tashrif ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Jeenbek Kulubayev, Baxtiyor Saidov va Sirojiddin Muhriddin taklifiga asosan amalga oshiriladi.

Mao Ninning aytishicha, Vang Yi tashrifi Xitoy raisi Si Jinping bilan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amaliy bajarishga qaratilgan.

Tomonlar kun tartibida «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi loyihalar alohida e’tiborga tushishi kutilyapti.

Xitoy tomoni bayonotiga ko‘ra, tashrif «Xitoy–Markaziy Osiyo» ikkinchi sammitida qabul qilingan vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi O‘zbekistonga kelmoqda | Vaqt.uz