add

Xitoyga vizasiz rejim rossiyalik ayollar oqimini oshirishidan xavotir bildirilmoqda

16.09.2025 | 17:0033304

RF Davlat dumasi deputati Rossiya va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim amal qila boshlagach, xitoyliklarning nikoh uchun rus ayollarini faol izlashini xavfli, deb baholadi.

Xitoyga vizasiz rejim rossiyalik ayollar oqimini oshirishidan xavotir bildirilmoqda
Rossiya va Xitoy o‘rtasida joriy etilgan vizasiz rejim fonida xitoylik erkaklar tomonidan rus ayollariga qiziqish ortishi mumkin. Bu haqda Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Svetlana Jurova ma’lum qildi, deb yozmoqda Gazeta.ru. Uning ta’kidlashicha, Xitoyda ayollar sonining yetarli emasligi bu tendensiyani kuchaytiradi. Jurovaning ta’kidlashicha, Xitoyda erkaklar soni ayollardan 35 millionga ko‘p. Bu ko‘p yillik tug‘ilishni cheklash siyosati va erkak farzandga ustuvor munosabat natijasidir. Shu sababli ko‘plab xitoyliklar nikoh uchun Rossiya va Ukrainadagi ayollarga yuzlanmoqda. Bunga mahalliy shartlardagi qimmat to‘y xarajatlari va an’anaviy «sayli» — kelin uchun qalin to‘lovining yuqoriligi sabab bo‘lmoqda. The Times gazetasi yozganidek, hatto Xitoyning chekka hududlarida ham «sayli» 70–80 ming dollarga yetadi. Bu katta xarajatni ko‘tara olmagan ba’zi erkaklar Rossiyaga qarashni boshlamoqda. Ularning fikricha, slavyan ayollari «o‘ta talabchan emas» va an’anaviy oilaviy rollarga moyil. TikTok va boshqa platformalarda rus ayollarini targ‘ib qiluvchi nikoh agentliklari ham faol ishlamoqda. Biroq mutaxassislar bu tendensiyaga ehtiyotkorlik bilan yondashishni maslahat bermoqda. Manchester universitetidan antropolog Yelena Barabanseva ta’kidlashicha, rus ayollari ko‘pincha Xitoyda ta’lim sertifikatlari tan olinmasligi va karyerada cheklovlar bilan to‘qnash keladi. Bunday nikohlarning ko‘pchiligi ajrashish bilan tugashi, ayollarning esa xizmat ko‘rsatish sohasida kam maoshli ishlarga majbur bo‘lishi kuzatilmoqda. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2020–2024 yillar orasida 10 mingdan ortiq rossiyalik ayol Xitoy fuqarosi bilan rasman turmush qurgan. 15 sentyabrdan e’tiboran Rossiya va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim ishga tshdi. Rossiyaliklar oddiy xorijga chiqish pasporti bilan Xitoyga 30 sutkagacha vizasiz bo‘lib turishlari mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyga vizasiz rejim rossiyalik ayollar oqimini oshirishidan xavotir bildirilmoqda | Vaqt.uz