Logo

Xivaga poyezdlar bir hafta davomida faqat Urganchgacha qatnaydi

Bugun 21:311 daqiqa

Urganch — Xiva temiryo‘l yo‘nalishida harakat bir haftaga to‘xtatiladi. Ayrim poyezdlar yo‘nalishi qisqartirilib, yo‘lovchilar avtobuslarda tashiladi.

Xivaga poyezdlar bir hafta davomida faqat Urganchgacha qatnaydi © vaqt.uz

«O‘zbekiston temir yo‘llari» tizimidagi korxonalar Urganch — Xiva temiryo‘l tarmog‘ida yo‘lovchi poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, temiryo‘l tarmog‘i 10–16-avgust kunlari texnik sabablarga ko‘ra yopiladi. Shu davrda Xiva yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari Urganch vokzaligacha qatnaydi.

O‘zgarishlar Toshkent — Xiva — Toshkent yo‘nalishidagi «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdlariga ham taalluqli.

Qaysi poyezdlar o‘zgaradi?

«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdlari 11–16-avgust kunlari Toshkent — Xiva — Toshkent yo‘nalishida Urganchdan harakatlanadi.

Hivadan Urganchga yetib olish uchun yo‘lovchilarga har kuni avtobuslar qatnovi tashkil etiladi.

«Temiryo'lekspress» yo‘lovchilarga Urganch avtostansiyasiga soat 07:00 gacha yetib kelishni tavsiya qildi. Avtobus soat 07:10 da yo‘lga chiqadi.

Teglar

Mavzuga oid

Xivaga poyezdlar bir hafta davomida faqat Urganchgacha qatnaydi | Vaqt.uz