add

Xususiy sektor hisoblagichlarni qiyoslash xizmatlariga jalb etiladi

15.07.2025 | 11:408463

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirishda tadbirkorlar ham ishtirok etadi.

Xususiy sektor hisoblagichlarni qiyoslash xizmatlariga jalb etiladi
O‘zbekiston hukumati hisoblagichlarni qiyoslash xizmatlarini xususiy sektorga ham topshirishni ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini e’lon qildi. Bu qaror Prezidentning xizmatlar sohasini barqaror rivojlantirishga oid farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Qarorga ko‘ra, akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi xizmatlarni amalga oshirish huquqi beriladi: tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish. Bu orqali sohada raqobat muhitini shakllantirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsad qilingan. Yangi tartibga ko‘ra, qiyoslash xizmatlari endilikda muqobil ravishda ko‘rsatiladi. Metrologiya sohasidagi barcha ma’lumotlar yagona elektron ma’lumotlar bazasi — «Texnik tartibga solish» milliy axborot tizimida yuritiladi. Hisoblagichlarni tekshirish bayonnomalari va xulosalari to‘liq elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Shuningdek, hisoblagichlarni qiyoslash ishlari uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu jarayonlarni masofadan turib monitoring qilib boradi. Bu agentlik metrologiya xizmatlarining moliyaviy-xozalik faoliyatiga aralashmasdan faqat texnik nazoratni amalga oshiradi. Mazkur tashabbus xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali davlat xizmatlarini samarali tashkil etishga qaratilgan navbatdagi qadam sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid