
Yangi yilni «Octobank»ning «Welcome» tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar
«Octobank» «Welcome» tarifini taqdim etish orqali biznes uchun yechimlar qatorini kengaytirmoqda — startap va o‘sish bosqichidagi tadbirkorlar uchun universal xizmat paketi.

Biznes olamida tezlik, shaffoflik va moliyaviy nazorat muhim ahamiyatga ega. «Octobank»ning «Welcome» tarifi ushbu vazifalarning barchasini hal qiladi, bu esa tadbirkorlarga biznesning o‘sishi va rivojlanishiga e’tibor qaratish imkonini beradi. Hisob va to‘lovlar bo‘yicha asosiy operatsiyalarni internet-banking orqali onlayn amalga oshirish mumkin.
Tarifning asosiy xususiyati — ko‘pchilik asosiy operatsiyalar bo‘yicha komissiyalarning yo‘qligi.
“Biznesning yashirin to‘lovlarsiz oddiy va halol shartlarga bo‘lgan talabini ko‘ryapmiz. Welcome tarifi — bu minimal komissiyalar, maksimal nazorat va raqamli moliyaviy boshqaruv degani”, — ta’kidlaydi «Octobank».
Welcome tarifiga quyidagilar kiritilgan:
Hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish — 0%
Bank ichidagi va korporativ kartalarga pul o‘tkazmalari — komissiyasiz
Soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash — 0%
HUMO / UZCARD korporativ kartalari — bepul
Milliy kartalar bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash (POS/E-POS) — 0,2% / 0,8%dan
Ish haqi uchun naqd pul berish (maxsus operatsiyalardan tashqari) — 0%
Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun POS-terminallarni ijaraga berishning qulay shartlari ham nazarda tutilgan — yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oyiga 15 000 so‘mdan. Welcome tarifi bo‘yicha oylik xizmat haqi BHMning 60%ini (QQS bilan) tashkil etadi.
«Welcome» tarifini rasmiylashtirish va batafsil maslahat olish uchun «Octobank» bo‘limiga, 1033 qisqa raqamiga, shuningdek, quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 (71) 202-33-33
+998 (71) 202 00 82
Reklama huquqi asosida.





