O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi © SI asosida yaratilgan

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bu haqda Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori imzolangan.

Qarorga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida afg‘on tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Teglar

Mavzuga oid