Coca-Cola yoki Pepsi: O‘zbekistonda kim ko‘proq soliq to‘laydi?

11.03.2026 | 13:552 daqiqa

2025-yilda Coca-Cola va Pepsi ichimliklarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar qatoriga kirdi.

Coca-Cola yoki Pepsi: O‘zbekistonda kim ko‘proq soliq to‘laydi?

O‘zbekistonda Coca-Cola va Pepsi brendini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z sohasida eng ko‘p soliq to‘lovchi 10 ta korxona qatorida joy oldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 2025-yil davomida umumiy 120,3 trln so‘m soliq to‘lagan. Bunda ularning tovar aylanmasi 918,3 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 44,2 trln so‘mlik soliq imtiyozlari olingan.

Coca-Cola, Fanta va Sprite kabi ichimlik brendlariga egalik qiluvchi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan» MCHJ o‘tgan yili 1,1 trln so‘m soliq to‘lagan. Taqqoslash uchun, kompaniyaning 2024 yildagi soliqlari 634,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

«International Beverages Tashkent» MCHJ esa 2024-yilda 342,8 mlrd so‘m soliq to‘lagan edi. 2025-yilda kompaniya soliq to‘lovlari 256 mlrd so‘mga yoki 75 foizga oshib, 599 mlrd so‘mga yetdi.

«International Beverages Tashkent» — Pepsi, Rockstar, Mirinda, 7Up, Lipton, Adrenaline Rush va Mountain Dew ichimliklarini ishlab chiqaradi.

Bu kompaniyaning asosiy egasi Holten guruhi mamlakatdagi Baraka supermarketlar va Burger King fast-fud tarmoqlariga ham egalik qiladi. Pepsi egasi Baraka Market’ni 2025 yil boshida sotib olgan edi.

Shu tariqa, Coca-Cola kompaniyasining O‘zbekistondagi biznesi ancha kattaroq hisoblanadi. iHamkor.uz ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya mamlakatdagi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchidan biri. Toshkent shahri bo‘yicha 13-o‘rinda turadi.

Kompaniyaning 2024-yildagi foydasi 805,5 mlrd so‘m bo‘lgani ko‘rsatilgan. 2025-yil uchun moliyaviy ko‘rsatkichlar hali ma’lum qilinmagan.

Pepsi brendiga egalik qiluvchi «International Beverages Tashkent»ning yangi moliyaviy ma’lumotlarini topish imkoni bo‘lmadi. 2023-yilda kompaniya 395 mlrd so‘m sof foyda olgandi. Pepsi egasi soliq to‘lash bo‘yicha O‘zbekistonda 34-o‘rinda turishi qayd etilgan.

Boshqa ishlab chiqaruvchilar qanday soliq to‘lamoqda?

NKMK va OKMKdan tashqari eng yirik soliq to‘lovchi o‘tgan yil davomida O‘zbekneftgaz bo‘ldi — 3,8 trln so‘m. Kuchli uchlikni Uzbat (3 trln so‘m) va UzAuto Motors (2 trln so‘m) yakunladi.

photo_2026-03-11_12-13-33

Ro‘yxatdan asosan davlat ulushi mavjud bo‘lgan kompaniyalar joy olgan.

Teglar

Mavzuga oid