«Telegram»da global uzilishlar kuzatildi

Bugun 15:411 daqiqa

Foydalanuvchilar messenjerda mediafayllarni yuklash va yuborish jarayoni sekinlashgani haqida shikoyat qilmoqda.

«Telegram»da global uzilishlar kuzatildi

Dunyo bo‘ylab, jumladan O‘zbekistonda ham «Telegram» messenjeri ishida ommaviy uzilishlar kuzatildi. Bu haqda onlayn xizmatlar ish faoliyatini kuzatuvchi «DownDetector» servisi ma’lumotlari dalolat bermoqda.

«Novaya gazeta Yevropa» nashri yozishicha, «Telegram»dagi nosozliklar haqidagi xabarlar bir qator mamlakatlar foydalanuvchilaridan kelib tushgan. Xususan, Ukraina, Germaniya, Serbiya va Polshada yashovchi foydalanuvchilar messenjer ishida muammolar yuzaga kelganini ma’lum qilingan. Shuningdek, Rossiyadagi ayrim foydalanuvchilar ham platforma bilan bo-liы muammoga duch kelishgan.

«DownDetector» ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda «Telegram» ishidagi nosozliklar haqidagi birinchi shikoyatlar mahalliy vaqt bilan soat 13:35 atrofida qayd etilgan. Shu vaqtdan boshlab shikoyatlar soni oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Foydalanuvchilarning bildirishicha, asosiy muammolardan biri — mediafayllarni yuklash va yuborish jarayonining juda sekin ishlayotganidir. Ayrim holatlarda rasm, video va boshqa fayllar umuman ochilmasligi yoki katta kechikish bilan yuklanishi kuzatilmoqda.

Hozircha «Telegram» kompaniyasi tomonidan mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berilgani yo‘q.

Teglar

Mavzuga oid