
Yer sayyorasining katta qismini egallab olgan jonzot nomi aytildi
09.09.2025 | 16:3012174
Olimlarga ko‘ra, bu jonzot Yer yuzidagi deyarli barcha quruqlik qismini o‘z koloniyasiga aylantirib bo‘lgan.

Yer sayyorasida turli-tuman jonzotlar uchun vatan hisroblanadi. Lekin tirik jonzotlarning ichida bitta turi borki ularning qadami yetmagan joy qolmagan, ayrim manzillar hisobga olinmasa ular allaqachon u yerlarni o‘z «mustamlakasi»ga aylantirib bo‘lgan.
AQSHning Chikago shtatida joylashgan Fild muzeyi olimlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, chumolilar Yerdagi barcha qit’alarda, hatto eng qiyin iqlim sharoitlarida ham yashaydi.
2022 yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra, Yer yuzidagi chumolilar soni 20 kvadrilliondan ortiqni tashkil etadi. Ularning umumiy biomassasi 12 megatonna quruq uglerodga teng bo‘lib, bu barcha yovvoyi qushlar va sutemizuvchilarning jami biomassasidan ham ko‘proqdir. Olimlar hali bu raqam juda ehtiyotkorlik bilan baholangan, deb hisoblashmoqda.
Chumolilarning asosiy qismi tropik va subtropik o‘rmonlar hamda savannalarda joylashgan. Ayniqsa, yerda yashovchi va barglar bilan oziqlanuvchi turlari o‘rmonlar va quruq hududlarda yuqori zichlikda uchraydi. Boshqa hududlarda esa ularning tarqalishi biomalarga qarab juda farq qiladi.
Ular 140–158 million yil avval paydo bo‘lgan va o‘sha davrdan beri turli muhitlarga moslashgan. Ayrim chumolilar tuproq ostida yashasa, boshqalari vaqt o‘tishi bilan daraxtlarga ko‘chib o‘tgan. Bu jarayon evolyutsiya va o‘simliklar bilan o‘zaro moslashish tufayli sodir bo‘lgan.
bugungi kunda chumolilar Antarktida, Islandiya, Grenlandiya va ba’zi Polineziya orollaridan tashqari barcha hududlarda uchraydi. Ularning turlari soni 15 ming 700 dan ortiq va ular hayotimizning ajralmas bir qismiga aylangan. Olimlar so‘zlariga ko‘ra, dunyo haqiqatan ham chumolilarnikidir.





