add

Yevropa Ittifoqi 150 mlrd yevrolik mudofaa fondini tuzdi

28.05.2025 | 17:2020112

Yevropa Ittifoqi «Yevropa uchun xavfsizlik harakati» (SAFE) deb nomlangan yangi jamg‘arma orqali mudofaa salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan katta mablag‘ ajratdi. 

Yevropa Ittifoqi 150 mlrd yevrolik mudofaa fondini tuzdi
SAFE fondining asosiy maqsadi — YeIning mudofaa sanoatiga shoshilinch va keng ko‘lamli sarmoyalarni jalb qilishdir. Yevropa Kengashi bayonotiga ko‘ra, bu orqali ishlab chiqarish quvvati oshirilib, ittifoqning umumiy mudofaa qobiliyati mustahkamlanadi. Fond Ukrainaga qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ham xizmat qiladi. Ukraina YeIning mudofaa sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinadi. Bu, jumladan, qurol-aslaha ta’minotini barqarorlashtirish va yagona mudofaa bozorini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Fond mablag‘lari YeIga a’zo davlatlarga uzoq muddatli kreditlar shaklida taqdim etiladi. Bu kreditlardan foydalanish uchun kamida ikkita davlat ishtirokidagi qo‘shma mudofaa xaridlari amalga oshirilishi shart qilib qo‘yilgan. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida o‘q-dorilar, raketalar, artilleriya tizimlari, yer ustidagi jangovar vositalar, kiberxavfsizlik, havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari, uchuvchisiz apparatlar hamda kosmik xizmatlar belgilangan. Bu tashabbus YeIning strategik mustaqilligini kuchaytirish va kelajakdagi xavf-xatarlarga qarshi tayyorgarlikni ta’minlashni ko‘zlaydi.

Teglar

Mavzuga oid