add

Yil boshidan beri qancha odam subsidiyadan foydalangan?

Kecha 19:182691 Daqiqa

2025 yilda fuqarolarga to‘lab berilgan subsidiyalar miqdori va undan foydalanganlar soni ma’lum qilindi. Subsidiyalardan eng ko‘p foydalangan hudud Samarqand viloyati bo‘ldi.

Yil boshidan beri qancha odam subsidiyadan foydalangan?

2025 yil 1-noyabr holatida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga jami 1 trln 699,8 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Shundan uy-joy sotib olishda boshlang‘ich badal uchun 16 962 kishiga jami 508,9 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratildi. Shuningdek, ipoteka kreditlari foiz to‘lovining bir qismini qoplash uchun 85 408 kishiga jami 1 trln 190,9 mlrd so‘m to‘lab berildi.

sb 1

Ipoteka kreditlari subsidiyalaridan eng ko‘p foydalangan hududlar quyidagilar bo‘ldi:

Samarqand viloyatida 13 340 kishiga 225,6 mlrd so‘mlik;

Andijon viloyatida 11 948 kishiga 201,2 mlrd so‘mlik;

Farg‘ona viloyatida 11 505 kishiga 187,3 mlrd so‘mlik subsidiyalar to‘lab berilgan.

Shu jumladan, ipoteka krediti subsidiyalaridan eng kam foydalangan hudud sifatida Sirdaryo viloyati qayd etildi. Sirdaryoda 2 214 ming kishiga 38,8 mlrd so‘mlik subsidiya ajratilgan.

sb 2


Ushbu ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat byudjetidan moliyalashtirilgan subsidiya to‘lovlarini eng ko‘p quyidagi banklar ajratgan:

«Milliy bank» — 394,2 mlrd so‘m;

«Ipoteka bank» — 369,6 mlrd so‘m;

«Biznesni rivojlantirish banki» — 272,7 mlrd so‘m.

Ma’lumot uchun, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun ariza berish mumkin. Ariza beruvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid