Toshkentda 6 ta hokim qarori sud tomonidan bekor qilindi

Bugun 09:192 daqiqa

2026 yil birinchi choragida Toshkent shahar ma’muriy sudlari hokimliklar bilan bog‘liq 38 ta ishni ko‘rib, 6 ta hokim qarorini haqiqiy emas deb topdi.

Toshkentda 6 ta hokim qarori sud tomonidan bekor qilindi © crypto.runfyers.com

2026 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent shahar ma’muriy sudlari mahalliy hokimliklar bilan bog‘liq 38 ta ishni ko‘rib chiqdi. Ularning 6 tasida hokim qarorlari haqiqiy emas deb topildi. Bu haqda shahar ma’muriy sudi raisi o‘rinbosari Akram Yusupov ma’lum qildi.

Hisobot davrida birinchi instansiya sudlari tomonidan jami 605 ta ish va ariza ko‘rib tamomlangan, yana 30 ta ish material tartibida ko‘rilgan. Ko‘rib chiqilgan ishlardan 139 tasi qanoatlantirilgan, 351 tasi rad etilgan, 64 tasi ish yurituvidan tugatilgan, 51 tasi esa ko‘rmasdan qoldirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,7 foizga kamaygan. Shu bilan birga, sudlar tomonidan 76 ta xususiy ajrim chiqarilgan bo‘lib, ulardan 5 tasi asosida mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llangan.

Eng ko‘p shikoyatlar

Ma’muriy sudlarda eng ko‘p shikoyatlar davlat soliq organlari, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, mahalliy hokimliklar, Majburiy ijro byurosi va Qurilish vazirligi mansabdor shaxslarining harakatlari yuzasidan kelib tushgan.

Xususan, soliq organlariga nisbatan 125 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, ularning 23 tasi qanoatlantirilgan, 79 tasi rad etilgan. Natijada 15 ta soliq organi qarori haqiqiy emas deb topilgan.

Shuningdek, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga oid 55 ta ish ko‘rilgan. Ularning 23 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasi rad etilgan. Majburiy ijro byurosi bilan bog‘liq 118 ta ishdan 20 tasi qanoatlantirilgan, 71 tasi rad etilgan.

Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari ko‘rib chiqilgan ishlar

Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida 257 ta ish ko‘rib chiqilib, ularning 206 tasida sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan, 43 tasi bekor qilingan. Taftish instansiyasida esa 104 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, 91 tasi o‘zgarishsiz qolgan.

Hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslar hamda turli idoralar orqali sudga 175 ta murojaat kelib tushgan va barchasiga yozma javob berilgan. Shuningdek, sud rahbariyati tomonidan 35 ta murojaat qabul qilinib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda 6 ta hokim qarori sud tomonidan bekor qilindi | Vaqt.uz