Tadbirkor shina brendiga qarshi asossiz reklama tarqatgani uchun sudga berildi

Bugun 13:551 daqiqa

Xorazm viloyatida shina va akkumulator savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda asossiz salbiy ma’lumotlar tarqatgan tadbirkorga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Tadbirkor shina brendiga qarshi asossiz reklama tarqatgani uchun sudga berildi © Shutterstock

Raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan «LARGO TYRES GROUP» MCHJ murojaati asosida o‘tkazilgan o‘rganishda qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Kompaniya qonuniy dilerlik shartnomasi asosida «Largo» rusumli shina va akkumulatorlar importini amalga oshirib, ichki bozorda ularni sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani ma’lum qilindi.

Biroq, Xonqa tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘zining «shina.olami» nomli Instagram sahifasida mazkur mahsulotlar sifati va iste’mol xususiyatlari haqida asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatgan. Bu esa kompaniya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Aniqlangan qonunbuzilishlar

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tadbirkorning harakatlarida «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasi talablari buzilgani aniqlangan. Shuningdek, reklama materiallarida O‘zbekistonga import qilinayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan «Largo», «Wanda» va «JOYROAD» rusumli mahsulotlarni kamsituvchi nomaqbul axborotlar ham tarqatilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, holatda «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun talablariga zid holatlar mavjudligi belgilandi. Qo‘mita tomonidan tadbirkor X.B.ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

Teglar

Mavzuga oid