add

Xandon pista — yurak va qon tomir tizimini mustahkamlashning eng mazali usuli

18.06.2025 | 18:4035483

Tabiiy mahsulotlar orasida pistaning inson salomatligiga foydasi alohida e’tiborga loyiq. Ayniqsa, u yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash va qon bosimini nazorat qilishda samarali vosita sifatida tavsiya etiladi.

Xandon pista — yurak va qon tomir tizimini mustahkamlashning eng mazali usuli
Ta’kidlanishicha, 30 gramm tuzsiz xandon pista taxminan 300 mg kaliy va 1,7 mg natriyni o‘z ichiga oladi. Kaliy tanadagi ortiqcha natriydan xalos bo‘lishga yordam beradi, bu esa qon hajmini kamaytiradi va qon bosimini tushiradi. Shuningdek, kaliy qon tomirlarining devorlarini bo‘shashtirib, qon aylanishini yaxshilaydi. Pista, shu bilan birga, monoto‘yinmagan yog‘larga boy. Ular zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi va foydali xolesterin darajasini saqlab turadi. Bunday yog‘lar qon tomirlarining elastikligini oshiradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, pistada Ye vitamini, lyutein va polifenollar kabi antioksidantlar mavjud. Ushbu moddalar organizmdagi oksidli stress jarayonlarini va surunkali yallig‘lanishni kamaytiradi. Bu esa gipertoniya va tomirlarning erta qarishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Mutaxassislar, faqat pistaning o‘zi yetarli emasligini, sog‘lom hayot tarzi, jismoniy faollik, tuzli mahsulotlar va spirtli ichimliklar iste’molini cheklash, shuningdek, chekishdan voz kechish kabi omillar bilan birgalikda samara bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Xandon pistani kundalik ratsionga kiritish oson: uni alohida yeyish, salat va smuzilarga qo‘shish, yoki panirovka sifatida ishlatish mumkin. Asosiysi — tuzsiz navlarini tanlash va iste’mol miqdorda me’yorni saqlash.

Teglar

Mavzuga oid