Bir guruh marhum ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot sohalari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ular orasida Shuhrat Abbosov, G‘ani A’zamov, Zaynab Sadriyeva, O‘tkir Hoshimov, O‘lmas Alixo‘jayev va boshqalar bor.
© prezident.uzFarmonga ko‘ra, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarining quyidagi vakillari mukofotlandi.
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
Abbosov Shuhrat Solixovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, kinorejissyor
G‘ani A’zamov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Odil Yoqubov — O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Zaynab Sadriyeva — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Hamza Umarov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Obidjon Yunusov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
O‘tkir Hoshimov — O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Saida Zunnunova — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi
Manzura Hamidova — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Orifxon Hotamov — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
O‘lmas Alixo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Ikroma Boltayeva — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Maryam Yoqubova — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Zokirov Jamshid Karimovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
Hojiakbar Nurmatov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Ochilxon Otaxonov — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Rahmatov Dias Nig‘matovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
Yulduz Rizayeva — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa
O‘lmas Saidjonov — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Tojiyev To‘lqin Jo‘rayevich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«Do‘stlik» ordeni bilan
Davron G‘oipov — estrada xonandasi
Rasulqori Mamadaliyev — xonanda va sozanda
Rtveladze Eduard Vasilevich — akademik, arxeolog va san’atshunos olim
Sadullayev Sanjar Lutfullayevich — dublyaj aktyori.




