Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan o‘zbekistonliklar soni e’lon qilindi

«Yashashni xohlayman» loyihasi Markaziy Osiyo fuqarolari haqida yangi ma’lumotlarni oshkor qildi.

Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan o‘zbekistonliklar soni e’lon qilindi

2026 yilning may oyi holatiga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, Ukrainadagi urushga jalb qilingan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining umumiy soni 12 919 nafarga yetgan. Bu haqdagi ma’lumotlar Ukrainaning «Yashashni xohlayman» («Xochu jit») davlat loyihasiga tayangan holda «Ukraina — Sentralnaya Aziya» Telegram kanalida e’lon qilindi.

Taqdim etilgan raqamlarga ko‘ra, urushga jalb qilinganlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hamon O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mamlakatlar bo‘yicha taqsimot quyidagicha ko‘rinishga ega:

O‘zbekiston — 4955
Tojikiston — 3489
Qozog‘iston — 2420
Qirg‘iziston — 1474
Turkmaniston — 581.

Ushbu raqamlar loyiha tomonidan aniqlangan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan.

Raqamlardagi o‘zgarish

Mazkur loyiha joriy yilning aprel oyida ham yanvar holatiga doir hisobotni taqdim etgan edi. O‘shanda mintaqadan urushga ketganlarning umumiy soni 12 666 nafarni tashkil qilgan.

Yanvar oyidagi holat:

O‘zbekiston — 4853
Tojikiston — 3407
Qozog‘iston — 2389
Qirg‘iziston — 1439
Turkmaniston — 578.

Taqqoslashlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi hisobotda umumiy ko‘rsatkich 253 nafarga ko‘paygan.

Teglar

Mavzuga oid