Toshkentni boshqarayotgan hokim kimligini bilasizmi?

Bugun 19:451 daqiqa

Hokim bo‘lganidan beri ko‘plab tanqidlarga uchragan, turli muammolar yuzaga kelganda tez-tez tilga olinadigan, Toshkentni uch yildan buyon boshqarib kelayotgan shahar hokimini odamlar taniydimi? Bugun Vaqt.uz aynan shu savol bilan poytaxt aholisiga mikrofon tutdi.

So‘rov davomida respondentlarning fikrlari turlicha bo‘ldi. Ayrimlar Umrzoqovni sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevdan keyingi rahbar sifatida eslab, faoliyatini aynan shu davr bilan qiyosladi.

Ba’zi respondentlar ijobiy o‘zgarishlarni qayd etib, shahardagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida gapirdi. Shu bilan birga, tanqidiy qarashlar ham bo‘ldi. Xususan, ayrimlar yangi bekatlarning noqulayligini ta’kidladi:

«Bekatlar chiroyli, lekin yomg‘irda yoki issiqda panalash qiyin», — deydi so‘rovnoma ishtirokchilaridan biri.

Umuman olganda, respondentlar fikridan kelib chiqib aytganda, amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanayotgan bo‘lsa-da, ayrim yechilmagan muammolar va noqulayliklar borasida e’tirozlar ham saqlanib qolmoqda.

Batafsil — Vaqt.uz’ning YouTube sahifasida tomosha qiling!

Teglar

Nozima Qarshiboyeva

Nozima QarshiboyevaMaqolalar soni: 48

Barchasi

Mavzuga oid