Jahon oziq-ovqat bozorida qaysi davlatlar ustunlik qilmoqda?

Bugun 12:552 daqiqa

Jahon savdo tashkiloti ma’lumotlariga tayangan holda tayyorlangan tahlillarga ko‘ra, dunyodagi eng yirik 30 ta agrar eksportchi davlat global oziq-ovqat eksportining 80 foizdan ortiq qismini ta’minlamoqda.

Jahon oziq-ovqat bozorida qaysi davlatlar ustunlik qilmoqda? © sun'iy intelekt

Global qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi hozirda taxminan 1,5 trillion dollarga teng. «Visual Capitalist» tayyorlagan infografikaga ko‘ra, oz sonli davlatlar jahon oziq-ovqat ta’minoti va narx shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazmoqda. Ayniqsa, logistika xarajatlari oshishi, o‘g‘itlar narxi qimmatlashishi va geosiyosiy keskinliklar fonida agrar savdo mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligining muhim qismiga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng yirik o‘nta eksportchi davlat jahon agrar eksportining qariyb yarmini nazorat qiladi. Bu mamlakatlar xalqaro bozorda don, go‘sht, yog‘li ekinlar va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy yetkazib beruvchilari hisoblanadi.

Jahon oziq-ovqat savdosining asosiy markazi

Jahon oziq-ovqat savdosida Amerika qit’asi yetakchilikni saqlab qolmoqda. AQSH, Braziliya, Kanada va Meksika birgalikda global agrar eksportning qariyb 30 foizini ta’minlaydi. Ushbu davlatlar yirik ishlab chiqarish quvvatlari va eksport infratuzilmasi orqali xalqaro bozorda ustunlik qilmoqda.

Xitoy esa dunyodagi eng yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, eksport hajmi bo‘yicha AQSH va Braziliyadan ancha ortda qolmoqda. Mutaxassislar bu holatni mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi ichki bozorda iste’mol qilinishi bilan izohlamoqda.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasining ustunligi

Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Avstraliya va Indoneziya alohida ajralib turibdi. Avstraliya mol go‘shti, bug‘doy va arpa eksporti bo‘yicha muhim o‘rinni saqlab kelmoqda. Indoneziya esa jahonning eng yirik palma yog‘i eksportchilaridan biri hisoblanadi.

Yevropa davlatlari esa yuqori texnologiyalar va samarali logistika hisobiga raqobatbardoshligini saqlab qolmoqda. Xususan, Niderlandiya kichik hududiga qaramasdan, yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi va issiqxona majmualari orqali dunyoda oziq-ovqat eksporti bo‘yicha 11-o‘rinni egallagan. Fransiya va Germaniya esa don, sut mahsulotlari, ichimliklar va qayta ishlangan oziq-ovqat eksporti orqali jahon bozorida muhim o‘rinni saqlab kelmoqda.

Teglar

Mavzuga oid