Toshkentda farovon yashash uchun oyiga qancha pul kerak?

Bugun 17:252 daqiqa

Numbeo xalqaro ma’lumotlar bazasi Toshkentdagi yashash xarajatlarini tahlil qilib, oila hamda yakka shaxs uchun zarur bo‘lgan oylik budjet miqdorini ma’lum qildi.

Toshkentda farovon yashash uchun oyiga qancha pul kerak? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Toshkentda farovon yashash uchun oyiga qancha pul kerakligi ma’lum qilindi. Dunyoning eng yirik onlayn ma’lumotlar bazalaridan biri bo‘lgan Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda to‘rt kishilik oilaning ijara xarajatlarisiz oylik ehtiyojlari o‘rtacha 23 mln 512 ming so‘mni tashkil etadi. Bir nafar kishi uchun esa farovon turmush kechirish xarajatlari 6 mln 343 ming so‘mga baholangan.

Tahlillarga ko‘ra, ovqatlanish xarajatlari aholi budjetining muhim qismini tashkil etmoqda. Poytaxtda arzon restoranda bir kishilik ovqatlanish o‘rtacha 70 ming so‘m, o‘rta toifadagi restoranda ikki kishi uchun kechki ovqat 400 ming so‘mga tushadi. Fast Food tarmoqlarida esa bir marta ovqatlanish o‘rtacha 55 ming so‘mni tashkil qiladi.

Oziq-ovqat narxlari

Numbeo ma’lumotlarida asosiy iste’mol mahsulotlari narxlari ham keltirilgan. Xususan, bir litr sut o‘rtacha 14,7 ming so‘m, bir kilogramm guruch 21,9 ming so‘m va 12 dona tuxum 22,4 ming so‘mdan baholangan.

Shuningdek, bir kilogramm mol go‘shti 137,9 ming so‘m, tovuq filesi 48,2 ming so‘m, olma 16,7 ming so‘m va banan 22,1 ming so‘mni tashkil etadi. Pomidorning o‘rtacha narxi 19,1 ming so‘m, kartoshka 7 ming so‘m va piyoz 4,7 ming so‘m etib qayd etilgan.

1


Mazkur ko‘rsatkichlar aholining kundalik iste’mol savatini shakllantiruvchi asosiy mahsulotlar xarajatlarini aks ettiradi.

Shu bilan birga, 85 kvadrat metrli kvartira uchun kommunal to‘lovlar 340 ming so‘mdan 1,2 mln so‘mgacha o‘zgaradi.

Oylik internet xizmati o‘rtacha 150 ming so‘m, mobil aloqa xarajatlari esa 49 ming so‘m atrofida baholangan. Xususiy bog‘chalar narxi 3–7,1 mln so‘m, xalqaro maktablarda ta’limning yillik qiymati esa 129 mln so‘mdan yuqori.

2


Eng katta xarajatlar

Tahlilga ko‘ra, umumiy xarajatlarning 30,4 foizi turli mahsulotlar xaridiga to‘g‘ri keladi. Ijara to‘lovlari ulushi 26,9 foizni tashkil qilsa, restoranlarda ovqatlanish xarajatlari 15,2 foizga yetgan. Transport xarajatlari 9,5 foizni, sport va bo‘sh vaqt mashg‘ulotlari esa 8,1 foizni tashkil etadi.

3

Teglar

Mavzuga oid