Xizmat itlari orqali falastinliklarning nomusiga tegilgan: BMT Isroilni jinsiy zo‘ravonlar ro‘yxatiga kiritdi

Bugun 17:302 daqiqa

Jiddiy ayblovlar fonida yahudiy davlati xalqaro tashkilot bosh kotibi bilan aloqalarini uzdi.

Xizmat itlari orqali falastinliklarning nomusiga tegilgan: BMT Isroilni jinsiy zo‘ravonlar ro‘yxatiga kiritdi

Isroil BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ofisi bilan hamkorlikni muzlatib qo‘ydi. Bunga yahudiy davlatining qurolli mojarolar sharoitida jinsiy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygan qoidabuzarlar ro‘yxatiga kiritilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Isroilning BMTdagi doimiy vakili Dani Danon ma’lum qildi.

Danonga ko‘ra, mazkur qaror mamlakat uchun qabul qilib bo‘lmaydigan siyosiy qadam hisoblanadi. U BMT rahbariyatini voqelikni noto‘g‘ri baholashda aybladi.

Bahs BMT hisoboti atrofida avj oldi

«Ynet» nashrining ma’lum qilishicha, bahs BMTning qurolli mojarolardagi jinsiy zo‘ravonliklar bo‘yicha tayyorlangan yillik hisoboti haqida bormoqda. Hujjat hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Dani Danon Isroilning HAMAS bilan bir qatorda tilga olinishini qattiq tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, bunday qaror BMT rahbariyatining Isroil bilan hamkorlik qilish bo‘yicha «ma’naviy huquqi»ni shubha ostiga qo‘yadi.

Isroil diplomati mamlakat Antoniu Guterrish bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida emasligini bildirdi. Uning aytishicha, Tel-Aviv BMTning yangi bosh kotibi saylanishini kutishni ma’qul ko‘rmoqda.

Antoniu Guterrishning amaldagi vakolat muddati joriy yil oxirida yakunlanishi kutilmoqda.

Xalqaro tanqidlar kuchaymoqda

Mavzu xalqaro ommaviy axborot vositalarida ham keng muhokama qilinmoqda.

Avvalroq «The New York Times» nashrida Isroil tomoniga qarshi falastinlik mahbuslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qo‘llangani haqidagi ayblovlar e’lon qilingan edi.

Unda qamoqxona xodimlari, harbiylar ko‘chmanchilar va tergovchilar tomonidan, ba’zan esa xizmat itlaridan foydalanilgan holda nomusga tegish holatlari sodir etilayotgani haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Teglar

Mavzuga oid