Mirziyoyev Toshkent–Samarqand pulli yo‘li qurilishini tezlashtirishni topshirdi

Bugun 20:351 daqiqa

Ushbu yo‘lning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometrni tashkil etadi.

Mirziyoyev Toshkent–Samarqand pulli yo‘li qurilishini tezlashtirishni topshirdi © gov.kz

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydigan uzunligi 282 kilometr bo‘lgan yangi «Toshkent – Samarqand» muqobil avtomobil yo‘li quriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot qilingan vaqtda ma’lum qilindi.

Mazkur yo‘l I-a toifada, sement-beton qoplamali bo‘lib, har ikki yo‘nalishda uchtadan harakat tasmasi bilan quriladi. Ushbu yo‘lning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometrni tashkil etadi.

Infratuzilma va qurilish obyektlari
Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 60 ta tunnelli o‘tish joyi, 91 ta ko‘prik, 16 ta yo‘l o‘tkazgich, 258 ta drenaj inshooti va intellektual transport tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 12 ta terminal, yo‘l bo‘yi infratuzilmasi va vazn o‘lchash tizimi tashkil qilinadi.

Davlat rahbari salohiyatli investorlar bilan muzokaralar jarayonini jadallashtirib, qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Transport infratuzilmasini rivojlantirishda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, qurilish sifati, xavfsizlik talablari va aholi uchun qulaylik asosiy mezon bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Teglar

Mavzuga oid