Logo

Alifbo islohoti haqida bir mulohaza (aytmasam, dilim kuyadi)

Bugun 19:312 daqiqa

Maqolada Vaqt.uz kolumnisti, Filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyevning alifbo islohoti doirasida e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan 3 muhim taklifi haqida so’z boradi.

Bugungi alifbo islohoti, avvalo, yozuvning texnik qulayligini oshirishga qaratilgan. Ch, Sh, Gʻ, Oʻ kabi harf birikmalarining yangi shakllar bilan almashtirilishi - klaviatura, kodlash, qidiruv tizimlari, dasturlash va xalqaro axborot almashinuvi uchun muhim qadam. Bu, albatta, zarur va foydali, ammo tilimizning tub mohiyatiga daxldor masala ham emas.

Alifbo masalasi texnik qulaylik bilangina tugamaydi. Islohot doirasidan chetda qolayotgan yana 3 muhim muammo mavjud.

Birinchisi o‘zbek tilidagi qalin va ingichka unli FONEMA larni ilmiy asosda xolis baholash va yozuvdagi ifodasi haqida chuqur tadqiqot va keng muhokama olib borishdir.

Ikkinchisi - turkiy tillar fonetikasiga xos [w] harfi o‘rnida uzoq yillardan buyon Yevropa tillari anʼanasi taʼsiridagi [v] harfining qo‘llanib kelayotgani. Bu masalalar oddiy imlo yoki grafik tanlov bilangina cheklanmaydi. Tilning tabiiy fonetik qiyofasi, tarixiy taraqqiyoti va milliy o‘ziga xosligi bilan bevosita bog‘liq.

Uchinchisi - sof milliy fonemamiz bo‘lgan [ng] fonemasini ifodalash. Menimcha, uni har jihatdan qulay [ŋ] harfi bilan berish lozim.

Shu sababli alifbo islohoti nafaqat texnik ehtiyojlarni, o‘zbek tilining boyligi va jozibasini avaylab-asrash vazifasi (1) ni ham qamrab olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa, ona tilini o‘qitish (2), o‘zbek tilini xorijliklarga samarali o‘rgatish (3), tilni raqamli modellashtirish (4), og‘zaki nutqni matnga aylantirish hamda matnni tabiiy og‘zaki nutqqa aylantirish texnologiyalarining sifati (5), turkiy dunyo bilan uyg‘unlikni saqlab qolish (6) tilning fonetik tizimi yozuvda qanchalik aniq ifodalanganiga bevosita bog‘liq. Bular - mutaxassis sifatidagi shaxsiy qarashlarim. Zotan, bugun qabul qilinadigan qarorlar kelajakdagi til texnologiyalari va milliy til holati va taraqqiyotini belgilaydi.

(Misol)

Özbekistɔn Respublikasi
 
MӘDHIYӘ
 
Әbdüllә Ɔrıpɔv şeri
 
Serquyɔş hür ölkәm, elgә baxt, nәcɔt,
Sen öziñ  dostlәrgә yoldɔş , mehribɔn.
Yәşnәgәy tɔ әbәd ilm-ü fәn, icɔd,
Şührәtiñ pɔrlasın tɔki bɔr cәhɔn!
 
Ɔltın bu wɔdiylәr, cɔn Özbekistɔn,
Әjdɔdlәr mәrdɔnә ruhi sengә yɔr!
Uluğ xalq qudrәti coş  urgәn zәmɔn,
Ɔlәmni mәhliyo әylәgәn diyɔr!
 
Bağrıkeñ özbekning öçmәs iymɔni,
Erkin, yɔş әwlɔdlәr sengә zor qanɔt!
Istıqlɔl mәşәli, tinçlik pɔsbɔnı,
Haqsewәr, ɔnә yurt, mәñü bol ɔbɔd!
 
Ɔltın bu wɔdiylәr, cɔn Özbekistɔn,
Әjdɔdlәr mәrdɔnә ruhi sengә yɔr!
Uluğ xalq qudrәti coş urgәn zәmɔn,
Ɔlәmni mәhliyo әylәgәn diyɔr!

(O'zbek tili milliy fonetikasini to'liq aks ettirgan ilmiy alifbo (imlo) shunday bo'lishi kerak deb o'ylayman)

Teglar

Baxtiyor Mengliyev

Baxtiyor MengliyevMaqolalar soni: 1

Barchasi

Mavzuga oid

Alifbo islohoti haqida bir mulohaza (aytmasam, dilim kuyadi) | Vaqt.uz