add

Alisher Xo‘jayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosarligidan ketdi

Kecha 10:155061 daqiqa

Uning ishdan ketgani haqidagi qaror agentlik rahbari Shuhrat Rizayev xizmat safari paytida ma’lum bo‘lgan. Vaqt.uz'ning bir biridan mustaqil ikki manbasi buni tasdiqladi.

Alisher Xo‘jayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosarligidan ketdi

Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xo‘jayev lavozimini tark etdi. Uning ishdan ketgani haqidagi qaror agentlik rahbari Shuhrat Rizayev Eronda xizmat safari paytida ma’lum bo‘lgan. Xo‘jayev kecha shaxsiy buyumlarini yig‘ishtirib, hamkasblari bilan xayrlashib ketgan.

Xo‘jayevning kelgusi faoliyati borasida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan. Uning MTRKda boshlagan va keyin agentlikda davom ettirilgan «Tirik tarix» loyihasining ham taqdiri nima bo‘lishi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Xo‘jayev 2024 yil 28-mart kunidan buyon Kinematografiya agentligi rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Alisher Xo‘jayev 2005 yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlangan edi. 2017 yilning fevralida lavozimidan olinib, o‘rniga Xurshid Mirzohidov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga rahbar bo‘lgandi.

O‘sha yilning 3-avgustida Xurshid Mirzohidov lavozimidan ozod etilib, Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 30-avgust kuni Alisher Xo‘jayev yana O‘zMTRK rahbariga aylandi.

Ushbu lavozimda bir muddat ishlagach, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarligiga o‘tdi. 2020 yilning mart oyida Alisher Xo‘jayev yana MTRK raisi etib tayinlandi. 2024 yilning fevral oyida yana bir bor MTRK raisi lavozimidan ozod etilgan.

Teglar

Mavzuga oid