add

Birjada sement va bug‘doy narxlarida pasayish kuzatildi

Bugun 11:253731

O‘tgan hafta mobaynida o‘tkazilgan birja savdolarida sement va bug‘doy narxlari pasaygani ma’lum bo‘ldi.

Birjada sement va bug‘doy narxlarida pasayish kuzatildi

O‘tgan hafta, ya’ni 27 oktyabr – 2 noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 38 027 ta bitim tuzildi. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 150,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Birja savdolariga 655 889,0 tonna sement qo‘yilib, uning 247 448 tonnasi (37,7 foizi) sotildi. Bir tonna sementning o‘rtacha kunlik narxi 642,3 ming so‘mdan 578,2 ming so‘mgacha pasaydi.

Shuningdek, o‘tgan haftada 35 592 tonna bug‘doy birja savdolari orqali sotildi. Savdolarda bir tonna bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxi 3 172,6 ming so‘mdan 3 140,5 ming so‘mgacha pasaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Birjada sement va bug‘doy narxlarida pasayish kuzatildi | Vaqt.uz