Logo

Chorvoq suv omborida ota ikki o‘g‘li bilan cho‘kib halok bo‘ldi

Kecha 22:351 daqiqa

Ular katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushgan. G‘avvos qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borib 2-2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Sirdaryo va Jizzaxdan qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan.

Chorvoq suv omborida ota ikki o‘g‘li bilan cho‘kib halok bo‘ldi © Kollaj

2-sentabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani «Burchmulla» MFY hududidagi Chorvoq suv omborida 3 kishi (ota va uning 2 o‘g‘li) cho‘kib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ular katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushgan. Xabar kelib tushgan zahotiyoq FVV g‘avvos qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib 2-2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.

Vazirlik qidiruv ishlari ko‘lamning kengligi va suv omborining chuqurligi qidiruv ishlarini murakkablashtirayotganini qo‘shimcha qildi. Qidiruv ishlari FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida FVV rahbariyati topshirig‘iga asosan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari favqulodda vaziyatlari boshqarmalaridan ushbu jarayonga qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan.

Teglar

Mavzuga oid