
Eski shahar, yangi umidlar: bayram arafasidagi Chorsu bozori — fotojamlanma
Vaqt.uz fotomuxbiri poytaxtning qadimiy bozoridagi haqiqiy muhit — sovuq havoda ro‘zg‘or tebrayotgan insonlar va bayramoldi tashvishlari uyg‘unlashgan lahzalarni kadrga muhrladi.

Yil poyoniga yetar ekan, Toshkentning Chorsu bozorida hayot o‘z maromida qaynamoqda. Rastalar bayram dasturxoni uchun noz-ne’matlarga to‘la, havoda yangi yil nafasi seziladi, biroq bu yerda sun’iy yaltiroqlikdan ko‘ra insonlarning samimiy hayoti ustun.
Savdo avjida bo‘lsa-da, hamyurtlarimizning chehralarida faqat bayram quvonchi emas, balki yil sarhisobi va kundalik turmushning o‘ychan ifodasi ham aks etgan.

































