Logo

«Hana Bank» O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqda

Bugun 16:401 daqiqa

Bank Janubiy Koreyaning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, dunyoning 27 ta mamlakatida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

«Hana Bank» O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqda © Foto: wikipedia

Markaziy bank Janubiy Koreyaning «Hana Bank» banki vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Vakolatxona O‘zbekiston moliya bozorini o‘rganish, shuningdek, davlat organlari va moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, «Hana Financial Group» (Koreya Respublikasi) tarkibiga kiruvchi «Hana Bank» 2015-yil 1-sentabrda «Korea Exchange Bank» bilan birlashgan. Bank mamlakatning yirik tijorat banklaridan biri hisoblanib, jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari, savdoni moliyalashtirish hamda boshqa moliyaviy xizmatlarning keng turlarini taqdim etadi. Bank dunyoning 27 ta mamlakatida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning «Societe Generale» banki ham O‘zbekistondagi vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazgani xabar qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid