Jarima ballari kimga yoziladi?

Bugun 09:243 daqiqa

1-apreldan boshlab kamera va radarlar ham jarima ballari yoza boshladi. Bungacha jarima ballari faqat YPX xodimlari tomonidan tuzilgan bayonnomalar orqali yozilar edi. Avtomobil uning egasidan boshqa shaxs boshqaruvida bo‘lgan paytda qoida buzilgan bo‘lsa, jarima ballari aynan ruldagi haydovchiga hisoblanadi. Bu esa ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi orqali aniqlanadi.

1-apreldan boshlab kamera va radarlar ham jarima ballari yoza boshladi. Bungacha jarima ballari faqat YPX xodimlari tomonidan tuzilgan bayonnomalar orqali yozilar edi.

Avtomatlashtirilgan foto-video qayd etish moslamalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima ballari quyidagicha hisoblab boriladi:

  • Belgilangan tezlikni oshirish — 0,5 dan 2 balgacha;

  • Svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida o‘tish — 1 ball;

  • Qarama-qarshi yo‘lga chiqish / favqulodda vaziyat yaratish — 1–2 ball;

  • Avtohalokat yuz bergan joyni tark etish — 2 ball;

  • Quvib o‘tish qoidalarini buzish — 1–1,5 ball;

  • Ruxsatsiz tonirovka — 0,5 ball;

  • Taqiqlangan joyda mashinani to‘xtatish — 0,2–0,3 ball;

  • Maxsus xizmatlar avtomobillari harakatiga to‘sqinlik qilish — 0,5 ball;

  • Yo‘lovchilarni tashish qoidalarini buzilish — 0,5 ball;

  • Avtoraqamsiz yoki taqiqlangan avtomobil haydash — 1 ball;

  • Avtomobil nosozligi — 0,5 ball;

  • Temiryo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarini buzish — 1 ball;

  • Ruxsat etilmagan signal yoki chiroqlar o‘rnatish — 0,5 ball.

Jarima ballari avtomatik ravishda “E-jarimaball” tizimi orqali yuritiladi. Ballarni hisoblash birinchi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlanib, bir yil davom etadi. Agar ushbu muddat ichida ballar 12 ga yetmasa, ular keyingi yilga o‘tkazilmaydi va bekor qilinadi.

Haydovchining hisobidagi jarima ballari 12 oy ichida 12 ballga yetib qolsa, tegishli hujjatlar sudga inson omilisiz, avtomatik yuboriladi va haydovchi “SMS” orqali xabardor qilinadi. Sud bunday haydovchilarni 6 oydan 3 yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etadi.

Shuningdek, 12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida keyingi davrda qoidalarni birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.

Qo‘shimcha qilib o‘taman: hamma qoidabuzarliklarga ham jarima ballari belgilanmaydi. Bunda piyodaga yo‘l bermaslik, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, telefondan foydalanish, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmaslik kabi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari yo‘q.

Jarima ball kimga yoziladi: mashina egasigami yoki ruldagi shaxsga?

Avtomobil uning egasidan boshqa shaxs boshqaruvida bo‘lgan paytda qoida buzilgan bo‘lsa, jarima ballari aynan ruldagi haydovchiga hisoblanadi. Bu esa ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi orqali aniqlanadi.

Jarima ballarini transport vositasi mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida (ya’ni ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi asosida) foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlash tartibi joriy etildi.

Mashinasini ishonchnoma asosida boshqa birovga berganlar diqqatiga: jarima ballari olmay desangiz, javobgarlik o‘tkazilgani haqida xabardor qilish kerak bo‘ladi.

1-apreldan tegishli transportni fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik o‘tkazilgani haqida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish imkoniyati yaratildi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xabardor qilish YAIDXP (my.gov.uz) yoki Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Xabardor qilish xizmatidan foydalanish uchun transport egasi YAIDXP yoki mobil ilovada shaxsiy kabinet ochgan holda so‘rovnoma to‘ldiradi va unda boshqarish huquqini berish muddatini ko‘rsatib o‘tadi.

Boshqarish huquqini olgan shaxs so‘rovnomani tasdiqlash orqali kelgusida unga nisbatan jarima solish to‘g‘risida qaror rasmiylashtirilib borilishiga roziligini elektron raqamli imzo yoki “Mobile-ID” yoxud “Face-ID” orqali tasdiqlaydi

Xabardor qilish xizmati uchun BHMning 10 foizi miqdorida ya’ni 41 200 so‘m yig‘im undiriladi.

Teglar

Baxtiyor To‘xtayev

Baxtiyor To‘xtayevMaqolalar soni: 13

Barchasi

Mavzuga oid