Logo

JCH-2026. O‘zbekiston Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi

Bugun 00:041 daqiqa

O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ikkinchi o‘yiini Portugaliyaga qarshi o‘tkazib, javobsiz 5 ta gol o‘tkazib yubordi.

JCH-2026. O‘zbekiston Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi

Krishtianu Ronaldu dublga erishgan bo‘lsa, Nunu Mendesh va Rafael Leau ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, avtogol ham qayd etildi.

Portugaliya ochkolarini 4 taga yetkazib, pley-off masalasini deyarli hal qildi. O‘zbekiston hisobida ochko yo‘q.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Kolumbiya (3) Kongo DRga (1) qarshi o‘ynaydi.

JCH-2026. K guruhi. 2-tur
Portugaliya — O‘zbekiston 5:0
23-iyun, Hyuston.
Gollar: Ronaldu (6, 39), Mendesh (17), Ne’matov (60, avtogol), Leau (87).
Portugaliya — Koshta, Kanselu (Semedu, 46), Diash, Veyga, Mendesh, Vitinya (Leau, 83), Nevesh (Silva, 76), Fernandesh, Feliks (Trinkau, 64), Netu (Konseysau, 46), Ronaldu.
O‘zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Behruz Karimov (Ruslan Jiyanov, 90+2), Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Abdulla Abdullayev, Sherzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov, 46), Otabek Shukurov (Sherzod Esanov, 90+2), Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 46), Aziz G‘aniyev, Abbos Fayzullayev (Igor Sergeyev, 73), Eldor Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Hamrobekov (14), Veyga (68).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Teglar

Mavzuga oid