Logo

Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi

Bugun 17:443 daqiqa

O‘zbekistondagi 138 ta mikromoliya tashkilotining jami aktivlari bir yil ichida 18,9 trln so‘mgacha oshdi. 17,4 trln so‘mlik kredit qoldig‘ida NPL ulushi 2,6 foizni tashkil qilmoqda.

Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi

2026 yil 1-avgust holatida 138 ta mikromoliya tashkilotining (MMT) jami aktivlari bir yil ichida 9,5 trln so‘mdan 18,9 trln so‘mgacha oshgan. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan statistikasida keltirilgan.

Sof kreditlar hajmi ham 8,7 trln so‘mdan 16,9 trln so‘mga yetgan. Eng keskin o‘sish TBC Kredit’da qayd etilib, uning aktivlari bir yilda 1,9 mlrd so‘mdan 1,1 trln so‘mga yetgan. Shu davrda sof kreditlar hajmi 1 trln so‘mni tashkil qilgan.

Aktivlari sezilarli darajada oshgan mikromoliya tashkilotlari ro‘yxati quyidagicha: 

MMT

2025-yil aktivlari

2026-yil aktivlari

Aktiv o‘sishi

2026-yil sof kreditlari

NPL ulushi

TBC Kredit

1,9 mlrd so’m

1,1 trln so’m

+620%

1 trln so’m

0,4%

Ayol

0,1 mlrd so’m

12,3 mlrd so’m

+232%

Community Microfinance

2,0 mlrd so’m

279,4 mlrd so’m

+139%

265,1 mlrd so’m

Bright Future financing

2,1 mlrd so’m

281,6 mlrd so’m

+133%

257,9 mlrd so’m

Urban Finance Solutions

2,1 mlrd so’m

147,1 mlrd so’m

+692%

136,0 mlrd so’m

Danweek founding

5,5 mlrd so’m

363,6 mlrd so’m

+648%

260,9 mlrd so’m

Fond Flow

2,0 mlrd so’m

131,1 mlrd so’m

+645%

124,5 mlrd so’m

Una Moliya

1,8 mlrd so’m

109,3 mlrd so’m

+600%

40,5 mlrd so’m

Cash point

1,7 mlrd so’m

84,7 mlrd so’m

+502%

76,5 mlrd so’m

Aloqa Finance Development

8,2 mlrd so’m

165,0 mlrd so’m

+191%

154,0 mlrd so’m

3,1%

Aktivlari yirik mikromoliya tashkilotlari ko‘proq oshgan

Yirik tashkilotlarda aktivlar qanchaga oshgani va o‘sish kredit portfelida qanday aks etganini quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin:

Tashkilot

Aktivlar, 2025

Aktivlar, 2026

O‘zgarish

Sof kreditlar, 2026

NPL ulushi

Tezcoin

2,2 trln  so’m

6,8 trln so’m

+206%

6 ,3 trln so’m

1,9%

Oltin Yulduz Plus

132,4 mlrd so’m

403,5 mlrd so’m

+205%

382,6 mlrd so’m

3,8%

Agat

168,2 mlrd so’m

399,1 mlrd so’m

+137%

293,4 mlrd so’m

2,8%

Mabruk Finance

19,6 mlrd so’m

47,6 mlrd so’m

+143%

38,5 mlrd so’m

6,9%

Barqaror Sarmoya Group

37,0 mlrd so’m

74,8 mlrd so’m

+102%

68,1 mlrd so’m

1,8%

Kontakt Finance

11,3 mlrd so’m

23,9 mlrd so’m

+112%

21,6 mlrd so’m

1,9%

Sarmoyachi Group

22,8 mlrd so’m

107,9 mlrd so’m

+373%

91,4 mlrd so’m

Tayan

8,7 mlrd so’m

46,9 mlrd so’m

+441%

42,4 mlrd so’m

 Masalan, Tezcoin’ning aktivlari 2,2 trln so‘mdan 6,8 trln so‘mga oshgan. Oltin Yulduz Plus’da esa aktivlar 132,4 mlrd so‘mdan 403,5 mlrd so‘mga, Agat’da 168,2 mlrd so‘mdan 399,1 mlrd so‘mga yetgan.

 

Ayrim tashkilotlarda aktivlar pasaygan

Sektor bo‘yicha umumiy aktivlar ikki barobar oshganiga qaramay, ba’zi tashkilotlarda aksincha kamayish yuz bergan:

●     Yangi Finans’ning aktivlari 149,2 mlrd so‘mdan 73,5 mlrd so‘mgacha (-51%), sof kreditlari esa 116,1 mlrd so‘mdan 35,3 mlrd so‘mgacha (-70%) kamaygan. Bu Yangi bank va Yangi finance faoliyati 2026 yil boshida Markaziy bank tomonidan to‘xtatilgani bilan bog‘liq.

●     Silver Finans’ning aktivlari 4,2 mlrd so‘mdan 1,1 mlrd so‘mgacha (-74%), sof kreditlari esa 2 mlrd so‘mdan 0,3 mlrd so‘mgacha (-85%) tushgan.

NPL ulushi yuqori mikromoliya tashkilotlari

2026 yil 1-avgust holatiga 138 ta MMTning jami kredit qoldig‘i 17,4 trln so‘mni tashkil qilgan. Shundan 459,9 mlrd so‘mi muammoli kreditlar bo‘lib, sektor bo‘yicha NPL ulushi 2,6 foizga teng.

Biroq tashkilotlar kesimida ko‘rsatkichlar ancha farqli. NPL ulushi eng yuqori bo‘lgan MMTlar qatorida Kreditomat Tashkent (72,9%), Silver Finans (65,2%), Sirius Kredit (56,3%) va Chust RIR (43,3%) bor.

Shuningdek, Yangi Finans’da NPL ulushi 37,4 foiz, ROHAT’da 36,4 foiz, Farovon Hayot’da 29,6 foiz, Tashdi’da 29,6 foiz va Laym’da 27,3 foizga yetgan.

Yirik kredit portfeliga ega ayrim MMTlarda esa mazkur ulush nisbatan past bo‘lgan. Masalan, Tezcoin’da kredit qoldig‘i 6,5 trln so‘m bo‘lsa-da, muammoli kreditlar ulushi 1,9 foizni, Fortuna Biznes’da 1,1 trln so‘mlik kredit qoldig‘iga nisbatan 0,8 foizni tashkil qilgan. TBC Kredit’da esa 1 trln so‘mdan ortiq kredit qoldig‘ining 0,4 foizi muammoli kreditlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Teglar

Mavzuga oid