Logo

Namanganda O‘zbekistondagi eng uzun ko‘priklardan biri qurildi

Bugun 22:101 daqiqa

Norin daryosi ustidan o‘tgan inshootning uzunligi 481,5 metrni tashkil etadi.

Namanganda O‘zbekistondagi eng uzun ko‘priklardan biri qurildi

Norin daryosi ustida Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yangi ko‘prikning qurilish ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uzunligi 481,5 metrni tashkil etuvchi mazkur ko‘prik mustaqillik yillarida O‘zbekistonda daryo ustida qurilgan eng yirik va uzun inshootlardan biri hisoblanadi.

17,5 kilometrlik yangi yo‘l va iqtisodiy rivojlanish

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida qo‘shimcha ravishda 17,5 kilometr yangi yo‘l ham bunyod etiladi. Ayni paytda Uchqo‘rg‘on tumani hududidan mazkur ko‘prikka olib keluvchi yangi yo‘lni qurish ishlari davom etmoqda.

«Mazkur ko‘prik va yo‘l foydalanishga topshirilgach davlat ahamiyatidagi D 109 (4R 116) «Namangan – Uychi – Uchqo‘rg‘on –Xaqqulobod – Andijon» avtomobil yo‘lidagi transport oqimi va tirbandliklarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid