add

Nemislar shikoyat qilishdi: «BOSS» brendini soxtalashtirgan tadbirkorga chora ko‘rildi

Bugun 15:404061

Tadbirkor brend nomidan noqonuniy foydalanayotgani borasida Germaniyaning «Hugo Boss AG» kompaniyasi murojaat qilgan va aniqlangan 57 ta kontrafakt mahsulot yo‘q qilinadi.

Nemislar shikoyat qilishdi: «BOSS» brendini soxtalashtirgan tadbirkorga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan «Boss» brendini ruxsatsiz ishlatish bilan bog‘liq holat yuzasidan huquqiy chora ko‘rildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O.A. ismli yakka tartibdagi tadbirkor «Hugo Boss AG» (Germaniya) kompaniyasiga tegishli tovar belgisidan foydalanib, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqargan va sotuvga taklif etgan.

Murojaatni ko‘rib chiqqan Adliya vazirligi tegishli huquqbuzarlik aniqlanganidan so‘ng, mazkur tadbirkorga nisbatan ta’sir choralarini qo‘lladi. Jumladan, realizatsiya uchun saqlanayotgan 57 dona soxta mahsulotni yo‘q qilish bo‘yicha majburiyat yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 10-noyabrdan kuchga kirgan qonun o‘zgarishlariga ko‘ra, boshqalarning tovar belgisini noqonuniy ishlatish katta miqdorda zarar yetkazilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Adliya organlari intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlikda qonuniylikni ta’minlash va huquqiy ongni oshirish bo‘yicha ishlarni izchil olib bormoqda.

Vazirlik barcha tadbirkorlarni o‘z brendini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga hamda agar brendidan ruxsatsiz foydalanish holatiga duch kelinsa, «1008» ishonch telefoni orqali murojaat qilishga chaqirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Nemislar shikoyat qilishdi: «BOSS» brendini soxtalashtirgan tadbirkorga chora ko‘rildi | Vaqt.uz