Logo

Octobank shaxsiy maqsadlar hamda qayta moliyalashtirishga mo‘ljallangan Octo Card va Octo Restart xizmatlarini ishga tushirdi

Bugun 16:403 daqiqa

Octobank ikkita yangi - Octo Card va Octo Restart mahsulotlarini taqdim etdi. Ular bankning kredit qatorini to‘ldiradi va mijozlarga: shaxsiy xarajatlarni moliyalashtirish yoki amaldagi kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlarni beradi.

Octobank shaxsiy maqsadlar hamda qayta moliyalashtirishga mo‘ljallangan Octo Card va Octo Restart xizmatlarini ishga tushirdi

Ikkala mahsulot ham 60 oygacha muddatga beriladi — qaror esa murojaat qilingan kunning o‘zida qabul qilinadi.

Octo Card — rejalashtirilgan va joriy xarajatlar uchun

Texnikani yangilash, kvartirani jihozlash, o‘qish haqini to‘lash — har kimning o‘z rejasi bor. Octo Card mablag‘larni istalgan shaxsiy maqsadlarga yo‘naltirish imkonini beradi. Kredit muddati — besh yilgacha, uch oygacha imtiyozli davrni tanlash imkoniyati bilan.

Bank xodimlari va ish haqi loyihalari ishtirokchilari uchun stavka yillik 25 foizni, boshqa toifadagi mijozlar uchun — yillik 30 foizni tashkil etadi. Kredit har oyda annuitet to‘lovlari orqali to‘lanadi, bu esa xarajatlarni oldindan rejalashtirish imkonini beradi.

Miqdor — vazifa ko‘lamiga mos.Octo Card orqali 100 mln so‘mgacha olish mumkin: bank summaning 50 % miqdorida to‘lay olmaslik xavfini sug‘urtalaydi, qolgan qismini esa ishonchli asosda (ta’minotsiz) taqdim etadi. Agar 100 mln so‘mdan ortiq mablag‘ talab etilsa, kredit miqdori mol-mulkning garov qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Octo Restart — amaldagi kredit uchun yangi shartlar

Octo Restart boshqa bank kreditini qayta moliyalashtirish — avvalgi qarzni to‘lash va Octobankda to‘lovlarni yangi shartlar asosida davom ettirish imkonini beradi.

Dastur doirasida 4 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha besh yilgacha bo‘lgan muddatga taqdim etiladi. Umumiy foiz stavkasi yillik 28,9%.

Yaxshi to‘lov intizomi yillik 24,9% — pasaytirilgan stavkadan foydalanish imkonini beradi. U murojaat qilishdan oldingi so‘nggi 12 oy davomida qayta moliyalashtirilayotgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar besh kundan ortiq kechiktirilmagan bo‘lsa amal qiladi.

«Mahsulot, birinchi navbatda, kreditni yuqoriroq stavkada to‘laydigan yoki to‘lov muddatini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar uchun foydali. Yangi shartlar oylik yuklamani kamaytirishi va byudjetning bir qismini boshqa xarajatlar uchun bo‘shatishi mumkin. Taqqoslashda umumiy ortiqcha to‘lovni ham hisobga olish muhim: muddatning uzayishi to‘lovni kamaytirishi, ammo yakuniy xarajatlarni oshirishi mumkin».

Qayta moliyalashtirish summasi qaror qabul qilingan sanadagi asosiy qarz qoldig‘i va hisoblangan foizlarni o‘z ichiga oladi. Tranzit hisob raqamiga mablag‘lar o‘tkazilgandan so‘ng oldingi kredit to‘liq yopilgunga qadar bo‘lgan davr uchun foizlarni qarz oluvchi mustaqil ravishda to‘laydi.

Rasmiylashtirish uchun bank talablari bo‘yicha ta’minot ko‘zda tutilgan. Qayta moliyalashtirish kredit kartalari, overdraftlar va imtiyozli dasturlar bo‘yicha kreditlarga tatbiq etilmaydi.

Onlayn ariza berish

Ikkala mahsulot bo‘yicha ham murojaat qilingan kunda qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Arizani Octobank sayti orqali berish mumkin, rasmiylashtirish esa bank ofisida hujjatlar tekshirilgandan va taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Octo Restart bo‘yicha shartnoma ma’qullanib, imzolangandan so‘ng, mablag‘lar boshqa bankdagi kreditni to‘lashga yo‘naltiriladi.

Mahsulotlar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan, bank talablariga javob beradigan 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan.

Batafsil shartlar va ariza berish — Octo Card va Octo Restart. Mutaxassis maslahati: +998 71 202 33 33.

Teglar

Mavzuga oid

Octobank shaxsiy maqsadlar hamda qayta moliyalashtirishga mo‘ljallangan Octo Card va Octo Restart xizmatlarini ishga tushirdi | Vaqt.uz