«Okeanlar bizni Vatandan ajratolmaydi» — AQSH va Kanadadagi vatandoshlardan Prezident nomiga samimiy murojaat
«Vatan Global Alliance» tashkiloti hamda AQSH va Kanadadagi faol vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat yo‘llab, mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildi.

«Vatan Global Alliance» tashkiloti hamda AQSH va Kanadadagi faol vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat yo‘lladi. Ular mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.



Xatda ta’kidlanishicha, xorijdagi vatandoshlar o‘zlarini jarayonlarni shunchaki kuzatuvchi emas, balki O‘zbekistonning munosib vakillari sifatida his etmoqdalar.
Shu munosabat bilan ular quyidagi yo‘nalishlarda faol hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirishdi:
— AQSH Kongressi a’zolari, shtat va shaharlar ma’muriyatlari hamda ishbilarmon doiralar bilan aloqalarni mustahkamlash;
— O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixi va sayyohlik salohiyatini dunyo jamoatchiligiga keng tanitish;
— Amerikalik investorlar va tadbirkorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, ilg‘or texnologiya va tajribalarni yurtimizga olib kelish;
— Xorijda ulg‘ayayotgan yosh avlodni ona Vatan bilan mustahkam bog‘lab borish.
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani yuzasidan:
«Sizning AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan olib borayotgan bevosita va ishonchli muloqotingiz, oliy darajadagi uchrashuv va telefon suhbatlari, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik O‘zbekistonga nisbatan Amerikadagi e’tiborni tobora oshishiga xizmat qilmokda».
Vatandoshlarimiz Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ta’kidlab, mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizga va barcha yurtdoshlarimizga ezgu tilaklarini izhor etdilar.





