Ommaviy anesteziya: Nega tarmoqlarning o‘zbek segmentida «ovqat kulti» ommalashmoqda? | Fikr vaqti
Tarmoqlarning o‘zbek segmentini egallagan «ovqat kulti» zamirida nima yotibdi? Bu shunchaki auditoriya chaqirishning xavfsiz va oson yo‘limi yoki murakkab hayot va charchoqdan qochib, miyani o‘chirishga urinayotgan jamiyatning ijtimoiy-ruhiy anesteziyasi?
Odamzod ming yillar davomida ovqatlanish va yashab qolish instinktidan qutulib, fikrlaydigan, yaratuvchan insonga aylanish uchun kurashdi. Madaniyat, ilm-fan va estetika ham aslida shu qorin g‘amidan balandroqqa intilishimiz natijasi edi.
Ammo bugun... ijtimoiy tarmoqlarni, ayniqsa, o‘zbek auditoriyasini kuzatib, g‘alati bir ortga qaytishga guvoh bo‘lasiz. Bugun kamera qarshisida me’yorsiz ovqat yeyotganlar ko‘payib ketdi, hatto kim ko‘p yeyish bo‘yicha musobaqalar tashkil qilinmoqda va buning ortidan millionlab ko‘rishlar yig‘ilyapti. Yanada qizig‘i, bugun tarmoqning eng “xaridorgir” kontenti ham aynan shu bo‘lib qoldi.
Xo‘sh, bu qanday jarayon o‘zi? Odamlarning ovqatga bu qadar intilishi jamiyatdagi qandaydir ruhiy inqirozmi, tushkunlikmi yoki shunchaki murakkab hayotda ortiqcha o‘ylashdan, fikrlashdan qochishning bir yo‘limi?
Dasturimizning navbatdagi sonida tarmoqlarda ommalashayotgan “ovqat kulti” sabablari va oqibatlarini tahlil qildik. Mehmonlarimiz – iqtisodchi, tarjimon Jamshid Muslimov va etnopsixolog Ziyoda Rasulova bo‘ldi.
Teglar






