Logo

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

Bugun 19:341 daqiqa

Mazkur esdalik tangalari 999,9 asillik darajasidagi sof oltin va sof kumushdan tayyorlangan bo‘lib, ularning har birining vazni 31,1 grammni tashkil etadi.

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalari sotuvga chiqarildi © markaziy bank

O‘zbekistonning ozod va suveren davlat sifatida bosib o‘tgan 35 yillik yo‘liga bag‘ishlangan maxsus esdalik tangalari 28-avgustdan boshlab mamlakatdagi tijorat banklari va ularning filiallarida sotuvga chiqarildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Asillik darajasi va dizayn

Mazkur esdalik tangalari 999,9 asillik darajasidagi sof oltin va sof kumushdan tayyorlangan bo‘lib, ularning har birining vazni 31,1 grammni tashkil etadi.

«Tangalarda O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari timsollari tasvirlangan», — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tangalarni uch donalik kolleksiya to‘plamida yoki alohida holda xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
Mustaqillik tarixidan qadrli esdalik sifatida zarb etilgan mazkur uchta tangadan iborat kolleksiyada xalqimizning tarixiy xotirasi, bugungi bunyodkorligi va kelajakka ishonchi mujassamlashgani ta’kidlanadi.

Cheklangan tiraj va narxlar

Dastlabki bosqichda sotuvga chiqarilgan esdalik tangalari cheklangan tirajga ega bo‘lib, ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan:

• Oltin tangalar — 450 dona;
• Kumush tangalar — 800 dona.

Sotuvdagi tangalarning narxlari hamda ularning tijorat banklaridagi mavjudlik holati bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytida har kuni e’lon qilib borilishi qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid