Logo

O‘zbekiston OTBning raqamlashtirish indeksida Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

Bugun 11:052 daqiqa

Mintaqa mamlakatlari orasida eng past ko‘rsatkichni Tojikiston oldi.

O‘zbekiston OTBning raqamlashtirish indeksida Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinni egalladi © vaqt.uz

Osiyo taraqqiyot banki Osiyo va Tinch okeani mintaqasida raqamli savdo va transchegaraviy elektron tijoratning rivojlanishi bo‘yicha yangi hisobotni e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ikkinchi o‘rnni qayd etdi.

Unda 2024-yil uchun mamlakatlar uchun raqamlashtirish indeksi taqdim etilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston eng yuqori ballni 42,6 ball bilan egallagan. Qirg‘iziston 23,3 ball, Turkmaniston 21,7 ball va Tojikiston 17,8 ball bilan keyingi o‘rinlarda turadi.

Indeks raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, raqamli infratuzilma va tartibga solish, aholining raqamli texnologiyalardan foydalanishi, inson kapitali va innovatsiyalar hamda ishlab chiqarishni raqamlashtirish asosida hisoblanadi.

OTB hisobotda Tojikiston va O‘zbekistonni elektron tijorat to‘g‘risidagi alohida qonunchilikka ega mamlakatlar misolida keltirgan. Ushbu qonunchilik elektron tijorat kompaniyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni nazarda tutadi.

OTB mintaqada transchegaraviy elektron tijoratning rivojlanishiga qonunchilikdagi tafovutlar, infratuzilmaning yetarli emasligi, mamlakatlar bo‘ylab raqamli tizimlarning nomuvofiqligi va raqamli ko‘nikmalarning yetishmasligi to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlamoqda.

Bank keng polosali internet va ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish, logistika va bojxona tartib-qoidalarini takomillashtirish, elektron hisob-fakturalar va sertifikatlar, raqamli to‘lovlar, «yagona oyna» tizimlari va qog‘ozsiz savdoni joriy etishni tavsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTB Tojikistonning 2026-yildagi iqtisodiy o‘sish prognozi 7,3 foizda saqlanib qolishi haqida yozgandi.

Teglar

Mavzuga oid