O‘zbekistonda 1-sentabrdan jarimalar oshadi
Bazaviy hisoblash miqdorining oshishi munosabati bilan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik (tezlik, tonirovka, qizil chiroq va b.) uchun jarimalar miqdori ham yangilandi.
© Foto: avtoelon.uzO‘zbekistonda joriy yilning 1-sentabridan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori oshiriladi. Bunga 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonga asosan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga ko‘tarilishi asos bo‘ldi.
Quyida joriy yilning kuzidan e’tiboran kuchga kiradigan yangilangan jarimalar hamda ularning amaldagi qiymati bilan tanishishingiz mumkin:
— Texnik ko‘rik, «aptechka» yo‘qligi – 220 420 so‘m (ayni vaqtda 206 ming so‘m);
— Xavfsizlik kamarini taqmaslik – 220 420 so‘m (ayni vaqtda 206 ming so‘m);
— Hujjatsiz yurish – 440 840 so‘m (ayni vaqtda 412 ming so‘m);
— Sug‘urtasiz haydash (OSAGO) – 881 680 so‘m (ayni vaqtda 824 ming so‘m);
— «Qizil» chiroqdan o‘tish – 1 mln 322 520 so‘m (ayni vaqtda 1 mln 236 ming so‘m);
Noto‘g‘ri «parkovka» (to‘xtash taqiqlangan joy) – 881 680 so‘m (ayni vaqtda 824 ming so‘m);
— Rulda telefonda gaplashish – 1 mln 322 520 so‘m (ayni vaqtda 1 mln 236 ming so‘m);
— Davlat raqamisiz haydash – 2 mln 204 200 so‘m (ayni vaqtda 2 mln 60 ming so‘m).
Tezlikni oshirganlik uchun:
— Tezlikni oshirish (+20 km/s gacha) – 440 840 so‘m (ayni vaqtda 412 ming so‘m);
— Tezlikni oshirish (20-40 km/s) – 2 mln 204 200 so‘m (ayni vaqtda 2 mln 60 ming so‘m);
— Tezlikni oshirish (+40 km/s dan yuqori) – 3 mln 967 560 so‘m (ayni vaqtda 3 mln 708 ming so‘m).
Og‘ir qoidabuzarliklar:
— Qarama-qarshi harakatlanish – 4 mln 408 400 so‘m (ayni vaqtda 4 mln 120 ming so‘m);
— Mast holda haydash – 11 mln 021 000 so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish (ayni vaqtda 10 mln 300 ming so‘m);
— Mastlik tekshiruvidan bosh tortish – 6 mln 612 600 so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish (ayni vaqtda 6 mln 180 ming so‘m);
— Ruxsatsiz «tonirovka» – 11 mln 021 000 so‘m (ayni vaqtda 10 mln 300 ming so‘m);
— «Tonirovka»dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish – 8 mln 816 800 so‘m (ayni vaqtda 8 mln 240 ming so‘m).





