Logo

O‘zbekistonda nikohlar soni to‘rt yildan beri kamaymoqda

Bugun 12:051 daqiqa

2021-yildan 2025-yilgacha nikohlar soni 38,1 mingtaga yoki 12,5 foizga qisqargan.

O‘zbekistonda nikohlar soni to‘rt yildan beri kamaymoqda © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rtinchi yil kamaymoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida mamlakatda 92,3 mingta nikoh rasmiylashtirilgan.

1991-yilda mamlakat aholisi qariyb 21 million kishi bo‘lgan va o‘sha yili 270,3 mingta nikoh qayd etilgan. 2025-yilga kelib aholi soni 38 milliondan oshdi, ammo nikohlar soni 267,1 mingtagacha kamaydi.

Nikohlar sonining qisqarishi 2022-yildan boshlangan. O‘sha yili 296,7 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 305,2 mingtani tashkil qilgan.

Mamlakatda qayd etilgan nikohlar soni yillar kesimida quyidagicha:

1991-yil — 270,3 mingta;

1995-yil — 170,8 mingta;

2000-yil — 168,9 mingta;

2005-yil — 184,0 mingta;

2010-yil — 292,3 mingta;

2015-yil — 287,6 mingta;

2018-yil — 311,4 mingta;

2020-yil — 296,8 mingta;

2021-yil — 305,2 mingta;

2022-yil — 296,7 mingta;

2023-yil — 283,8 mingta;

2024-yil — 271,8 mingta;

2025-yil — 267,1 mingta.

nikoh


Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tug‘ilish 2050-yilga borib 1,2 milliondan oshishi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid