add

O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar soni 28 mingdan oshdi

Bugun 10:45831

Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta qismi Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.

O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar soni 28 mingdan oshdi

2024 yil yakunida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 38 058 tani yetib, 2023 yilga nisbatan 2 085 taga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, umumiy muassasalarning katta qismi, ya’ni 28 729 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidir. Bu so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimida xususiy sektorning ulushi oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ya’ni 4 507 tasi Samarqand viloyatida joylashgan. Undan keyingi o‘rinlarni Andijon (4 324 ta) va Qashqadaryo (4 216 ta) viloyatlari egalladi. Farg‘ona (4 189 ta) va Namangan (3 962 ta) viloyatlari ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan qayd etilgan.

Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatida 3 077 ta, Toshkent viloyatida 2 340 ta, Buxoro viloyatida 2 153 ta va Xorazm viloyatida 2 049 ta bog‘cha faoliyat yuritmoqda. Jizzax (1 709 ta), Qoraqalpog‘iston (1 874 ta), Navoiy (1 466 ta) va Sirdaryo (1 145 ta) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (1 047 ta) ham maktabgacha ta’lim muassasalari soni oshmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar soni 28 mingdan oshdi | Vaqt.uz