Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz me’yori muddati uzaytirildi

02.03.2026 | 14:481 daqiqa

Mart boshida kutilgan sovuq ob-havo sababli aholi uchun 500 metr kublik imtiyozli me’yor amal qiladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz me’yori muddati uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 metr kublik bazaviy me’yor 2026-yil 15-martga qadar uzaytirildi. Qaror Prezident topshirig‘i asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.

Imtiyozli me’yor muddati

Ma’lum qilinishicha, «O‘zgidromet»ning prognoziga ko‘ra, mart oyining dastlabki 15 kunida ushbu hududlarda havo harorati past bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan aholini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha moliyaviy yukni kamaytirish maqsadida amaldagi imtiyozli me’yor muddati uzaytirildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, isitish mavsumi davrida aholi uchun oyiga 500 metr kub tabiiy gaz bazaviy tarifda yetkazib beriladi. Ushbu hajmdan ortiq iste’mol qilingan gaz esa oshirilgan tarif bo‘yicha hisoblanadi. Shu bois, me’yorning uzaytirilishi sovuq kunlarda uy-joylarni isitish xarajatlarini barqaror saqlashga xizmat qiladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm iqlimiga xos shamolli va namgarchilik sharoiti mart oyida ham isitishga bo‘lgan talabni saqlab qoladi.

Avvaloq O‘zbekistonda 1-martdan gaz narxi oshirilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Energetika vazirligi buni rad etib, to‘lovlar eski tarifda amalga oshirilishini, biroq 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgarganini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid