Logo

Saida Mirziyoyeva Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Ular savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlar rivojini muhokama qilishgan.

Saida Mirziyoyeva Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Bugun, 26-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy Tashqi ishlar vaziri janob Van Yi bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilib, keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtai nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlar rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi.

«Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida to‘xtaldik. Janob Van Yiga iliq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildiraman», - dedi Saida Mirziyoyeva.

Teglar

Mavzuga oid