
Saudiya Arabistonining «qonli» rekordi: 340 kishi qatl etildi
2024 yilda qirollikda 338 kishi qatl etilgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib 340 kishi o‘limga hukm qilingan.

2025 yilda Saudiya Arabistoni 340 kishini qatl qilib, ijro etilgan o‘lim hukmlari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Agence France-Pressa (AFP) xabar bermoqda.
Agentlikning Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi va CPA davlat yangiliklar agentligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, 2025 yil boshidan buyon qirollikda qatl etilganlarning aksariyati (232 nafar jinoyatchi) giyohvand moddalar savdosi uchun jazolangan.
Qayd etilishicha, 15-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi Makka muzofotida qotillik ishi bo‘yicha uch kishiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etilgani e’lon qilgan.
Agentlikning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni ketma-ket ikkinchi yil qatllar soni bo‘yicha rekord o‘rnatmoqda. 2024 yilda qirollikda 338 kishi qatl etilgan edi.
Tahlilchilar o‘lim hukmlari sonining o‘sishini mamlakatning 2023 yilda boshlangan giyohvand moddalarga qarshi kurashni kuchaytirgani bilan izohlamoqda. Aynan o‘sha yili qirollikda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qayta tiklangan.
2023 yilgacha bunday moddalar bo‘yicha o‘lim hukmlarining ijro etilishi uch yilga to‘xtatib turilgan edi. Nashr xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni sintetik Captagon giyohvand moddasining eng yirik bozorlardan biri bo‘lib qolmoqda.





