Shavkat Mirziyoyev 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif doirasida Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.
© Foto: prezident.uzShavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7–8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.
Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.





