Logo

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumaniga tashrif buyurdi

Bugun 12:282 daqiqa

Prezident Sergeli tumanining Ittifoq mahallasidagi Yangi Sergeli ko‘chasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi hamda mahalla faollari bilan muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumaniga tashrif buyurdi © Foto: prezident.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasida amalga oshirilgan ishlar hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu hududda 24/7 rejimida ishlaydigan turizm, savdo va xizmat ko‘rsatish maskani tashkil etildi. Loyihaning umumiy qiymati 18,7 milliard so‘mni tashkil qilib, ko‘chaning 2,1 kilometr qismi infratuzilmasi yangilandi.

Yangi hudud tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan. Bu yerda umumiy ovqatlanish, savdo va ko‘ngilochar xizmatlar kun-u tun faoliyat yuritadi.

Yangi imkoniyatlar hududi

Loyiha doirasida aholi dam olishi uchun 10 dan ortiq bolalar maydonchasi, 8 ta vorkaut zonasi, kitob do‘koni hamda nuroniylar maskani tashkil etildi.

Yangi Sergeli ko‘chasi atrofidagi 4 ta mahallada 21 mingdan ziyod aholi yashaydi. Hududdan har kuni o‘rtacha 15−20 mingta transport vositasi harakatlanadi.

Loyiha to‘liq ishga tushgach, yiliga 1,2 milliondan ortiq tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, 250 dan ziyod yangi ish o‘rni ochildi, 95 ta tadbirkorlik subekti faoliyati kengaytirildi va 22 ta yangi biznes tashkil etildi.

Tungi iqtisodiyot rivojlanadi

Mutaxassislarga ko‘ra, 24 soatlik savdo va xizmat ko‘rsatish hududlari shahar iqtisodiy faolligini oshirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Davlat rahbari tashrif davomida milliy me’moriy uslubda ta’mirlangan xonadonlar, obodonlashtirilgan ko‘chalar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Mahalla vakillari o‘zgarishlar hudud qiyofasi hamda aholi turmushiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.3

Teglar

Mavzuga oid