Logo

SSPE bilan kurashayotgan bolalarning ota-onalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qildi | Vaqt.uz reportaji

10.09.2026 | 10:491 daqiqa

Kecha, 9-sentabr kuni farzandlari subakut sklerozlovchi panensefalit (SSPE) kasalligi bilan og‘riyotgan bir guruh ota-onalar Sog‘liqni saqlash vazirligiga yordam so‘rab bordi. Murojaatchilar mas’ullardan bolalarni davolash, parvarishlash hamda yillar davomida yechimini kutayotgan tizimli muammolarni hal etishda amaliy ko‘mak berilishini so‘ramoqda.

Murojaatchilarni Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Odilov qabul qildi.

Ota-onalarning ta’kidlashicha, ayrim bolalarda kasallik alomatlari qizamiqqa qarshi emlash jarayonidan so‘ng namoyon bo‘lgan. Boshqa bir guruh murojaatchilar esa farzandlari qizamiq bilan og‘riganidan bir necha yil o‘tib SSPE belgilari yuzaga chiqqanini bildirmoqda.

Vaqt.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, murojaatchi ota-onalarning da’volari va xavotirlarini yozib oldi. Shuningdek, bu murakkab kasallikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari borasida mutaxassis shifokor munosabatini eshitdi.

Teglar

Zamira Orziqulova

Zamira OrziqulovaMaqolalar soni: 16

Barchasi

Mavzuga oid