Tadbirkorlar uchun imtiyozlar reyestri shakllantiriladi

Bugun 13:552 daqiqa

Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlar uchun barcha imtiyozlarni markazlashtirish, ularni tizimli ravishda saqlash va monitoring qilish maqsadida yagona reyestr ishga tushiriladi.

Tadbirkorlar uchun imtiyozlar reyestri shakllantiriladi © senat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 29-apreldagi 211-son qarori bilan tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalar yagona reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi tasdiqlandi.

Bu tizim barcha imtiyozlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuritiladi. Bu esa ma’lumotlarni markazlashtirish, ularni tizimli ravishda saqlash va monitoring qilish imkonini beradi.

Qarorga asosan, reyestr tadbirkorlarga berilgan barcha turdagi imtiyoz va preferensiyalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi hamda davlat organlari o‘rtasida integratsiya qilingan holda ishlaydi.

Tartib va jarayonlar

Imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar davlat organlari va tashkilotlar tomonidan «subsidy.mf.uz» platformasi orqali kiritiladi. Kiritilgan ma’lumotlar reyestr operatori tomonidan tekshirilib, tasdiqlangandan so‘ng yagona bazada aks ettiriladi.

Hujjatda ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish va bekor qilish jarayonlari aniq muddatlar bilan belgilangan.

Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar kiritilganda, ular reyestr operatori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Agar ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri bo‘lsa, ular odatda — bir ish kunigacha bo‘lgan vaqt ichida bazaga kiritiladi.

Ma’lumotlarda o‘zgarish yuz bergan taqdirda (masalan, imtiyoz shartlari yoki muddati o‘zgarsa), mas’ul tashkilotlar bu haqdagi yangilangan ma’lumotlarni bir hafta muddatda reyestrga kiritishi shart.

Agar imtiyoz yoki preferensiya bekor qilinsa, bu haqdagi ma’lumotlar ham bir hafta ichida reyestrga kiritilishi lozim.

Reyestrga kiritilgan ma’lumotlarda xatolik aniqlansa, mas’ul idoralar 3 ish kuni ichida xatoni tuzatib, qayta kiritishlari kerak.

Tizimning ahamiyati

Bundan tashqari, reyestr ma’lumotlarining ochiqligi tadbirkorlik muhitini yaxshilash va korrupsiya xavfini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri zimmasiga yuklatilgan.

Teglar

Mavzuga oid