add

Taksi xizmatlari narxi bir yilda 12,2 foizga oshdi

Bugun 16:342181 daqiqa

Avtomobil xizmatlari sohasida inflatsiya saqlanib, taksi va boshqa xizmatlar narxlarida o‘sish qayd etilmoqda.

Taksi xizmatlari narxi bir yilda 12,2 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida taksi yo‘l haqi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan. Yil boshidan buyon ushbu xizmat turi narxi 7 foizga oshgan bo‘lsa, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish 12,2 foizni tashkil etgan.

Rasmiy statistika taksi xizmatlari bozorida narxlar bosqichma-bosqich o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu yoqilg‘i, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari hamda umumiy transport inflyatsiyasi kabilar ta’sirini ham ko‘rsatadi.

Avvalroq avtomobil bilan bog‘liq boshqa xizmatlar segmentida ham qimmatlashuv kuzatilgani haqida xabar bergandik. Jumladan, 2025 yil boshidan beri avtomoyka xizmatlari narxi o‘rtacha 7,4 foizga oshgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa ushbu ko‘rsatkich 9,4 foizga oshgani qayd etilgan.

2025 yil boshidan buyon avtomobillarni ta’mirlash xizmatlari narxi 6,9 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, yillik hisobda o‘sish 7,8 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 2025 yil noyabr oyida avtomobil to‘xtash joylari xizmatlari narxi oktabrga nisbatan o‘rtacha 2,8 foizga qimmatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yandex taxi» agregatoriga qarshi 15-dekabrda e’lon qilingan boykot tufayli ko‘pchilik haydovchilar ishga chiqmayotgani yoki boshqa agregator xizmatlaridan foydalanayotgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid