add

«Yandex taxi»ni boykot qilish boshlandi: yolg‘on chaqiruvlar avj olmoqda

Bugun 11:2017302 daqiqa

«Yandex taxi» agregatoriga qarshi 15-dekabrda e’lon qilingan boykot tufayli ko‘pchilik haydovchilar ishga chiqmagan yoki boshqa agregator xizmatlaridan foydalanmoqda.

«Yandex taxi»ni boykot qilish boshlandi: yolg‘on chaqiruvlar avj olmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatini to‘xtatgan haydovchilardan biri yolg‘on taksi chaqiruvlarini amalga oshirayotgani haqidagi videolar tarqaldi. Videoda bir nechta taksiga buyurtma bergani, ulardan biri kelib pullik kutishni amalga oshirayotgani, ba’zilari esa ataylab tirbandlik ko‘p bo‘ladigan nuqtaga chaqirilib, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgani aks etgan.

Haydovchilardan biri quyidagicha fikr bildirgan:

«Bosamiz, boykotchilar, bosamiz. Yaxshiyamki otamning telefonlari bor. Buni ketidan bloklab yuborsalar ham rozi».

Vaqt.uz nashri Yandexga qarshi boykot bo‘yicha tafsilotlarni e’lon qilib boradi.

sayt uchun foto

sayt uchun foto2

Yandex boykot qanday boshlangan edi?

Ijtimoiy tarmoqlar va taksi haydovchilari guruhlarida 15-dekabr kuni “Yandex” taksi xizmatiga nisbatan ommaviy boykot e’lon qilish, ya’ni aynan shu kuni ishga chiqmaslik haqidagi chaqiriqlar tez tarqala boshladi. Ushbu harakat dastlab Rossiyadagi «Yandex taxi» haydovchilari orasida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa O‘zbekistondagi haydovchilar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlana boshlangan.

Boykot tashabbuskorlari 15-dekabr kuni haydovchilarni uyda qolib, xizmatga chiqmaslikka chaqirgan. Asosiy maqsad — ushbu sana orqali kompaniya siyosatiga nisbatan norozilikni ochiq namoyish qilish edi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Rossiyadagi haydovchilardan biri bu kuni ishlamasligini, aksincha, uyda qolib, bir nechta telefon orqali «Yandex taxi» buyurtmalarini bekor qilib turishini aytadi.

Haydovchilarning ta’kidlashicha, bunday qarorga kelishga kompaniyaning tarif siyosati, xizmat haqining pastligi va haqiqiy xarajatlarni qoplamasligi sabab bo‘lgan. Shu orqali ular «Yandex» rahbariyati e’tiborini muammolarga qaratish va o‘z talablarini bildirishni maqsad qilgan.

Taksi agregatorlariga boykot e’lon qilish yangilik emas. Xorijiy davlatlarda ham bunday boykotlar yuz bergan va samarasiz tugagan.

 

Teglar

Ahmad Muhammadov

Ahmad MuhammadovMaqolalar soni: 8

Barchasi

Mavzuga oid